Bloger onasi: Mirziyoyev, qo‘lim yoqangda!

3 Просмотры· 07/24/23
Fanvid
Fanvid
5 Подписчики
5

Президент Шавкат Мирзиёев оммавий ахборот воситаларини “ёпиш” таклиф қилинаётгани, лекин у буни ҳеч қачон қилмаслигини айтди.

Мирзиёевнинг бу баёноти бир қанча блогер ва журналист ҳибсга олингани, ўнлаб блогерларга нисбатан босим ва тазийқлар бўлаётгани ҳақидаги хабарлар фонида янгради.

17 кундан бери ҳибсда қолаётган Абдуқодир Мўминовнинг гўёки тергов жараёнида қийноқлар натижасида вафот этгани ҳақида тармоқларга тарқалган хабарлар ортидан бош прокуратура 22 февраль куни расмий раддия берди. Сабоҳат Абдуллаева ўғлининг ҳибсга олинишини унинг блогерлик фаолияти билан боғлайди ва Абдуқодирнинг ҳаёти учун блогерларни сўз эркинлигига ишонтирган Мирзиёевни масъул деб ҳисоблайди.

Жорий қиш блогер ва журналистлар ҳибси ва маҳкамалари кўплиги билан эсда қоладиган бўлди. Мирзиёев президентликка ўтиргач, блогерларни сўз эркинлиги рамзи сифатида эътироф этиб, уларга йўл берган бўлса, орадан етти йил ўтиб, блогерлар босимга олинганаётганидан шикоятлар кўпаймоқда.

🔴 https://t.me/ozodlikkanali kanaliga obuna bo'ling!

🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 @ozodnews

Prezident Shavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalarini “yopish” taklif qilinayotgani, lekin u buni hech qachon qilmasligini aytdi.

Mirziyoyevning bu bayonoti bir qancha bloger va jurnalist hibsga olingani, o‘nlab blogerlarga nisbatan bosim va taziyqlar bo‘layotgani haqidagi xabarlar fonida yangradi.

17 kundan beri hibsda qolayotgan Abduqodir Mo‘minovning go‘yoki tergov jarayonida qiynoqlar natijasida vafot etgani haqida tarmoqlarga tarqalgan xabarlar ortidan bosh prokuratura 22-fevral kuni rasmiy raddiya berdi. Sabohat Abdullayeva o‘g‘lining hibsga olinishini uning blogerlik faoliyati bilan bog‘laydi va Abduqodirning hayoti uchun blogerlarni so‘z erkinligiga ishontirgan Mirziyoyevni mas’ul deb hisoblaydi.

Joriy qish bloger va jurnalistlar hibsi va mahkamalari ko‘pligi bilan esda qoladigan bo‘ldi. Mirziyoyev prezidentlikka o‘tirgach, blogerlarni so‘z erkinligi ramzi sifatida e’tirof etib, ularga yo‘l bergan bo‘lsa, oradan etti yil o‘tib, blogerlar bosimga olinganayotganidan shikoyatlar ko‘paymoqda.

Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor |

#ozodlik #abduqodir #mirziyoyev #bloger

Показать больше

 0 Комментарии sort   Сортировать по


Следующий